Lola Tillayeva brendi xalqaro tanlovda g‘olib chiqdi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Tillayevaning brendi The Harmonist atirlar uyi xalqaro tanlovda «Yil qadog‘i» nomanatsiyasida g‘olib chiqqan.
«The Harmonist atirlar uyi US Fragrance Foundation tomonidan ikki yildan beri bunday hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lishi biz uchun sharafdir. Bizning brendimiz yosh bo‘lishiga qaramay, ushbu mukofotga nomzod bo‘lishi jamoamizning qat’iyati, innovatsion yondashuvi va go‘zal iforlarga bo‘lgan ishtiyoqidan dalolat beradi.
Men parfyumer Gillom Flavini va The Harmonist jamoasiga mehnatlari va fidoyiliklari uchun chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman. Siz The Harmonist’ning o‘ziga xos falsafasini jonlantirishga imkon yaratdingiz va atirlarimizdan foydalangan insonlarga ifor orqali muvozanat va uyg‘unlikka erishishga yordam berdingiz.
Men hamda Londonda joylashgan Commission Studio tomonidan amalga oshirilgan loyihamiz Packaging of the Year («Yil qadog‘i») nominatsiyasiga kiritilganiga juda minnatdorman. The Harmonist’ning yangi qadoqlash uslubi bizning hushbo‘y iforlarimiz va atrof-muhitga bo‘lgan hurmatimizni aks ettiradi. Commission Studio kompaniyasiga ushbu loyihada biz bilan samarali hamkorlik qilganlari uchun tashakkur bildiraman», deb yozgan Lola Tillayeva mukofotga nominant bo‘lgan paytda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter