Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livanda vabo tarqaldi. Kasallanganlar soni 169 nafarga yetdi

Livanda vabo tarqaldi. Kasallanganlar soni 169 nafarga yetdi

So‘nggi ikki kun ichida Livanda vabo bilan kasallanishning 80 ta yangi holati qayd etildi va ularning umumiy soni 169 nafarga yetdi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vaziri ma’lum qildi.

«Oxirgi 48 soat ichida vaboning 80 ta yangi holati qayd etildi, infeksiyaning umumiy soni 169 taga yetdi», — dedi vazir.

Livanda vabo epidemiyasi boshlanganidan beri besh kishi vafot etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning tarqalish darajasi yuqori bo‘lib, yangi infeksiyalarning taxminan 70 foizi Livanda yashovchi suriyalik qochqinlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘limga asosiy sabab sifatida vazir bemorlarning shifokorlarga kech murojaatini ko‘rsatdi.

Qator hududlardagi suv manbalarining ifloslanishi vabo kasalligining tarqalishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Shuningdek, infeksiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ifloslanishi va kasal odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali yuqadi.

Livanda oktyabr oyi boshida vabo bilan kasallanishning birinchi holati qayd etilgandi.

Qo‘shni Suriyada esa vabo kasalligi bir oydan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda 800 dan ortiq holat qayd etilgan, 40 dan ortiq kishi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring