Lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlarning xarajati qoplab beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-oktyabr kuni agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda yer va suv resurslaridan samarali foydalanib, hosildorlikni oshirish masalasiga katta e’tibor qaratildi. Fermerlarga tuproqning tarkibini aniqlash, urug‘lik tanlash, ekinni sug‘orish va zararkunandalardan himoyalashda ko‘maklashish kerakligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda 200 ming gektar maydonni lazerli tekislash taklifi ma’qullandi. Bunda hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi, lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlar xarajati qoplab beriladi.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda hududlarda suv resurslarini samarali boshqarish loyihalarini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Dehqonchilik uchun yer va suv kabi eng zarur manbalardan biri bu mablag‘. Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va subsidiya olishni yengillashtirish zarurligi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter