Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lavrov:« Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarga aralashmaydi»

Lavrov:« Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarga aralashmaydi»

Foto:«Rambler»

«Shimoliy Koreya kelishuvga erishish uchun AQSh tomonidan qanday kafolatlarga ega ekanligi haqida o‘zi qaror qabul qilishi kerak», – degan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pxenyanda shimoliy koreyalik mulozim Li Yon Xo bilan uchrashuvidan so‘ng. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralariga aralashishga haqqi yo‘q. Barcha tomonlarning manfaatlariga javob beradigan Koreya bitimi bo‘yicha aniq kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

«Men Shimoliy Koreyaning oxirgi bir necha yillik tarixidan xulosa chiqarib, barcha omillarni hisobga olgan holda o‘z pozitsiyasini aniqlayotganiga aminman», – degan Lavrov.

«AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi kelishuvlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘rib chiqilishi zarur. Bu BMT Xavfsizlik kengashining u yoki bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashida qo‘l keladi. Shimoliy Koreyaning manfaatlariga javob beradigan aniq shartnomalarga qat’iy rioya qilishga tayyormiz», – deya qo‘shimcha qilgan Rossiya tashqi siyosat mahkamasi raisi.

Rasmiy Moskva AQSh bilan Shimoliy Koreya, shuningdek, Pxenyan va Seul o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda Koreya kelishuvida manfaatdor barcha tomonlarni muzokara o‘tkazishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi.

Shu bilan birga, Lavrov muzokaralar jarayonini qistovga olmaslikka chaqirdi.

«Koreya yarimorolini yadro qurollaridan xoli hududga aylantirish orqaligina Shimoli-Sharqiy Osiyoda barqaror tinchlik va barqarorlikni ta’minlash mumkin», – degan Sergey Lavrov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring