«Lasetti»dan 10 000 AQSh dollar o‘g‘irlandi
2021-yilning 12-aprel kuni soat 17:30 larda noma’lum shaxs Samarqand shahri Mustaqillik mahallasida joylashgan «Marmar» bozori oldida fuqaro 31 yoshli X.Ozodaga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinaning qarovsiz holda qoldirilganligidan foydalanib, o‘rindiqda turgan 10 000 AQSh dollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 26 yoshli J.Farrux sodir etganligi aniqlanib, undan 2 200 AQSh dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.Farruxga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davomida, jabrlanuvchi X.Ozoda avtomashinasining old o‘rindig‘ida o‘ziga tegishli 10 000 AQSh dollar pullarini qo‘yib, avtomashinasining eshigini ochiq qoldirib, tanishlari bilan suhbatlashib turgan vaqtida ushbu jinoyat sodir qilinganligi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter