«Lacetti» uyga urildi: qurbonlar bor
Samarqandda «Lasetti» avtomashinasi bilan sodir bo‘lgan YTHda ikki fuqaro olamdan o‘tdi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 iyul kuni soat taxminan 16:40 da Urgut tumani Ustaxona qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuqori tezlikda harakatlanib borayotgan «Lacetti» avtomashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi uyning devoriga borib urilgan.
YTH oqibatida 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi hamda avtoulovda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2005 yilda tug‘ilgan qiz voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter