Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

La Liga FIFAni sudga berdi

La Liga FIFAni sudga berdi

La Liga (Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati) terma jamoalar o‘yinlari taqvim tig‘izligi sababli Xalqaro sport sudiga (CAS) da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

La Liga bo‘lajak musobaqalar taqvimi bo‘yicha Xalqaro futbol federatsiyasi bilan bahsni boshladi. Ispaniya futboli mutasaddilari 2026 yildan boshlab «FIFA kunlari»ni 16 kunga oshirishga rozi emas, deb yozadi Mundo Deportivo.

La Liga mutaxassislari Sport arbitraj sudiga murojaat qilishdi. Da’voga FIFA 2026 yil sentyabridan boshlab kuchga kiradigan milliy terma jamoalar o‘yinlarining yangi taqvimini joriy etayotgani sabab bo‘ldi.

FIFA reglamentiga ko‘ra, 2026 yil sentyabrida jahon chempionatidan so‘ng terma jamoalar uchun yig‘inlar 16 kunga (odatdagi 10 ta o‘rniga) ko‘payadi va o‘z taqvimiga 4 tagacha o‘yinni kiritadi (ilgari 2 ta edi). Va bu tartib 2030 yilgacha davom etadi.

Ispaniya futboli mutasaddilarining xulosasiga ko‘ra, bunday islohotlar milliy chempionatlarga jiddiy zarar yetkazadi. Jamoalar mavsum boshida deyarli yarim oy davomida o‘z futbolchilarini yo‘qotadi, bundan tashqari, bunday jadvalning tirbandligi futbolchilarning sog‘lig‘iga ham ta’sir qilishi mumkin.

Ayni paytda davom etayotgan «FIFA kunlari»da bir qator mashhur futbolchilar terma jamoalari yig‘inlarida jiddiy jarohat olishdi. Ispaniya terma jamoasi safida Gavi tizzasidan jarohat olib, salkam bir yil futbol o‘ynay olmaydigan bo‘ldi. «Real» futbolchilari Kamavinga va Vinisiuslar ham jarohatlanib, ikki oyga futboldan chetda qolishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring