Shimoliy Koreyada 14-yanvar kuni harbiy parad o‘tkazildi — «dunyodagi eng kuchli qurol» namoyishi
Kecha, payshanba 14-yanvar kuni Shimoliy Koreyada harbiy parad o‘tkazildi. Yo‘q, ularda bu kun Vatan himoyachilari kuni emas — harbiylar Koreya Mehnat partiyasi VIII s’yezdi sharafiga KXDR qanday qudratga egaligini dunyoga ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lishdi.
Pxenyandagi paradda, xususan, suv ostida joylashtiriladigan strategik ballistik raketalar namoyish etildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar tarqatdi.
«Dunyodagi eng kuchli qurol — suv ostida joylashtiriladigan strategik ballistik raketalarni namoyish qilish orqali KXDRning inqilobiy qurolli kuchlari qudrati ko‘rsatildi», — deyiladi KMTA xabarida.
Harbiy parad tomoshalarini KXDRning «yangilangan» yetakchisi Kim Chen In (endi u ham bobosi va otasi kabi partiya Bosh kotibi) boshqardi.
KMTA xabarida paradda taktik raketalar va o‘ziyurar artilleriya qurilmalarining yangi namunalari ham namoyish qilingani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter