Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kuyov bola» ayol kishi bo‘lib chiqdi

«Kuyov bola» ayol kishi bo‘lib chiqdi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) A.Q. ariza bilan murojaat qilib, «Telegram» messenjerida «Farrux-96» nomli profil egasi, A.Q.ning turli foto-suratlari va behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida yashovchi 22 yoshli (ayol) G.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan G.B., A.Q. bilan «Telegram» messenjerida «Farrux-96» profili orqali o‘zini Farrux deb tanishtirib, A.Q.ni yaxshi ko‘rib qolganligini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uning ishonchiga kirib olgan.

So‘ng uning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va tarqatmaslik evaziga G.B. o‘zining bank kartalariga jami 14.300.000 so‘m miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan o‘tkazdirib, o‘zining ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring