«Kutilayotgan sovuq mevali daraxtlarga zarar yetkazadi» — «O‘zgidromet» ogohlantirish bilan chiqdi
Bugun Respublika Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonda ob-havo keskin sovushidan ogohlantirgandi.
Ushbu sovuq oy avvalidagi iliq harorat sabab uyg‘onayotgan tabiatga qanchalar ta’sir qilishi muhimdir.
Fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida g‘ayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetatsiyasi o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 2,5-3 hafta erta boshlandi.
O‘n kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarini bo‘rtishi va ochilishi boshlandi; o‘n kunlikning oxiriga kelib, erta gullaydigan mevali daraxtlarni gullashi boshlandi. Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o‘n kunligida boshlanib, ikkinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi bo‘ldi.
25-27-fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi, deyiladi «O‘zgidromet» ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter