Kusherbayev bitiruvchilarga davlat ishida ishlamaslikni maslahat berdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev maktab bitiruvchilariga imkoni boricha davlat xizmatida ishlmaslikni maslahat bergan.
«Maktab bitiruvchilariga aytmoqchi bo‘lganim: imkon darajasida umringizni, tirikchilikni davlat xizmatchisi sifatida o‘tkazishga olib keladigan kasb tanlashdan yiroq bo‘lishga intiling, ilojsiz qolsangizgina, davlat xizmatida ishlang. Erkingizni, ichki potensialingizni ro‘yobga chiqarishga olib keladigan hayot yo‘lini tanlashga kuch topa oling, bu yo‘lda o‘zingizni chiniqtiring», deb yozgan deputat.
Kusherbayev o‘z maslahatini batafsil ochiqlamagan, sabablarini keltirmagan. Uning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter