Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuril orollarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik shifokor va bolani qutqarib qoldi

Kuril orollarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik  shifokor va bolani qutqarib qoldi

 Kuril orollarida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi shifokor va bir bolani qutqarib qoldi. Bu haqda  «Krasniy mayak» gazetasi xabar berdi.

Hodisa Reydovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Bola qirg‘oqqa yaqin daryo bo‘ylab kezib yurgan va birdan suvga tushib ketgan. Unga katta yoshli odam yordamga shoshilgan, ammo suzishni bilmagani bois suvga g‘arq bo‘la boshlagan.  

Shu atrofdagi erkaklar bolakay va katta odamning hatti-harakatidan shubhalanishadi hamda yordamga shoshilishadi. Ular tezda shifokor va bolani suvdan olib chiqishdi.

Keyinroq Kuril markaziy tuman kasalxonasi rahbariyati O‘zbekiston fuqarolari U. Mirsaliyev, U. Usvaliyev, A. Shakirov va I. Qo‘chqorovga  shifoxona xodimi va bolani qutqarib qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Agar bu fuqarolarning yordami bo‘lmaganida, fojia muqarrar edi», deb ta’kidladi tuman markaziy shifoxonasi xodimlari.

Yaqinda Koreyaning Yansan shahridagi restoranlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda 40 yoshli o‘zbekistonlik o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 69 yoshli koreyalik ayolni qutqargandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring