Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAda qiyin ahvolda qolgan uch o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

BAAda qiyin ahvolda qolgan uch o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

BAAning Dubay shahrida mushkul ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolar – I.X., I.G. va uning voyaga yetmagan farzandi I.M. 2024-yil 22-dekabr kuni yaqin qarindoshining taklifi bilan BAAga kelgan va Dubay shahrida ijara uyga joylashgan. O‘tgan vaqt mobaynida ular BAAda bo‘lish uchun viza rasmiylashtirmasdan noqonuniy yashab kelgan.

Mehmonlarni BAA taklif qilgan shaxs 23 fevral kuni Qatarga chiqib ketayotganligini aytib, aloqani uzgan. Mart oyi boshida xonadon egasi ijara pulini to‘lash kerakligini, agar ijara puli to‘lanmasa xonadonni tark etishni talab qilib, vatandoshlarimizni ko‘chaga haydagan.

Bosh konsulxona xodimlari Amirliklardagi «Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi» xayriya tashkiloti va faol vatandoshlarimiz bilan birgalikda yordamga muhtoj yurtdoshlarimizga barcha zarur ko‘mak ko‘rsatishdi.

Ularning BAAda noqonuniy yashab kelgan muddatda hisoblangan 2 ming 178 AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik ushbu mamlakatning tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ijobiy hal qilindi. 

«Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasining BAAdagi vakolatxonasi esa ushbu fuqarolarning oilasi bag‘riga qaytishi uchun «Dubay-Toshkent» havo qatnoviga hech qanday to‘lovlarsiz chipta rasmiylashtirib berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring