Kurash: ilk marta o‘zbekistonlik qiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi
Aktenge Keunimjayeva Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan birinchi o‘zbekistonlik kurashchi qiz bo‘ldi.
O‘zbekistonlik sportchi Qirg‘izistonda o‘tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida -50 kg vazn toifasida final bosqichiga yetib borib, Olimpiada ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Aktenge Keunimjayeva Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik kurashchi qizga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter