Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol sharsharani teskari oqishga majbur qildi (video)

Kuchli shamol sharsharani teskari oqishga majbur qildi (video)

Foto: «Fotolia/nelik»

«Xagupit» tayfuni 190 metr balandlikdagi Lingfeng tog‘ sharsharasini pastdan tepaga qarab oqishga majbur qildi, deb yozadi «Daily Mail».

Videolavhada pastga tushayotgan suvni shamol uchirib yuborayotganini ko‘rish mumkin. Kuchli «Xagupit» tayfuni Xitoyning Chjeszyan provinsiyasiga yopirilib keldi. Shamol tezligi soatiga 136 kilometrgacha yetdi, ayrim sharqiy sohilbo‘yi tumanlarida to‘rt metr balandlikdagi to‘lqinlar qayd etildi. 380 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Avtomobil va temiryo‘l qatnovlari izdan chiqdi. Poyezd harakati to‘xtatildi, ba’zi avtomagistral yo‘llari yopildi, ko‘pgina uylar elektrsiz qoldi.

«Xagupit» tayfuni Tinch okeanidan keldi. Bu 2020 yil Xitoyda qayd etilgan to‘rtinchi tayfundir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring