Kristian Eriksendan yangi xabar chiqdi
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen uzoq vaqtlik davolanishdan so‘ng to‘p bilan mashg‘ulotlar qilishga kirishdi. Bu haqda italyan matbuoti ma’lum qildi.
Eriksen Daniyaning «Odense» futbol jamoasi bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi. U faoliyatini davom ettira olishi hozircha so‘roq ostida turibdi.
Milanning «Inter» jamoasi futbolchisi Yevro-2020 doirasida Daniya – Finlandiya (0:0) o‘yini vaqtida hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgandi. Maydonning o‘zida futbolchiga sun’iy nafas berib, yuragi massaj qilingan, defibrilatordan ham foydalanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter