Krishtianu Ronaldu Lamin Yamal haqida fikr bildirdi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Lamin kelgusida bir nechta jamoaviy va shaxsiy mukofotlar sohibi bo‘ladi. U fenomen.
Uni ajoyib martaba kutmoqda. Millatlar ligasini bir necha bor yutishi mumkin.
Lamin atigi 17 yoshda. Shuning uchun qattiq bosim o‘tkazishning hojati yo‘q. Men sizdan shuni so‘rayman. U erkinlikni his qilishi kerak», - dedi Portugaliya terma jamoasi sardori.
Ma’lumot uchun, kecha Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib(2:2, 5:3), o‘z tarixida ikkinchi bor musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter