Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘z yoshlari ila: Tereza Mey iste’foga chiqishini e’lon qildi

Ko‘z yoshlari ila: Tereza Mey iste’foga chiqishini e’lon qildi

Foto:«The West Australian»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bugun iste’foga chiqishi xususida ma’lum qildi.

Reutersning yozishicha, qarorni ommaga aytayotgan bosh vazirning ko‘zlariga yosh qalqqan.

Mey 7-iyunda lavozimini tark etadi. Britaniya qirolliga tashqi ishlar vaziri Jeremi Xantning aytishicha, bunga qadar Mey Londonda Donald Trampni qabul qiladi.

Bosh vazirlikka bo‘lajak nomzodlar sifatida sobiq tashqi ishlar vaziri va London meri Boris Jonson, parlament umumpalatalari sobiq boshlig‘i Andrea Lids, tashqi ishlar vaziri Xant, shuningdek, ichki ishlar vaziri Sajdid Javid ko‘rilmoqda.

22-may kuni britan parlamentining vakillar palatasi yetakchisi Andrea Lidsom bosh vazir bilan «Brexit» masalasida kelisha olmagani uchun iste’foga chiqayotganini ma’lum qilgandi.

Tereza Mey hokimiyat tepasiga 2016-yil 11-iyul kuni kelgandi. Mamlakatda Brexit bo‘yicha refererundum natijalari e’lon qilingach, avvalgi bosh vazir Devid Kemeron lavozimni tark etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring