Kosonsoy suv ombori dambasi yorilgani bo‘yicha mish-mishlarga izoh berildi
Kosonsoy tumanida Qirg‘iziston respublikasi, Jalolobod viloyati, Olabuqa tumanidagi «Kosonsoy suv ombor dambasi yorilibdi» mazmunida xabar tarqaldi.
«Bu bo‘lmagan gap, bugungi sel toshqinlar bilan jarayonlarni bari suv omboridan quyi qismda rivojlandi. Tabiyki, suv ombori dambasi yorilib ketishi uchun hech qanday asos omili yo‘q» - , deyiladi Gidrometeorologiya xizmati xabarida.
Tashkilot bunday yolg‘on ma’lumotlarga misol sifatida o‘tgan yilgi hodisani keltirgan. Buxoro viloyatida 2020-yil 27-aprelda esgan kuchli shamoldan so‘ng aholi orasida «Amudaryo suv sathi keskin ko‘tarilib, dahshatli toshqin bo‘lar ekan» degan asossiz vahimalar urchigandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter