Ko‘rsatuv qimmatga tushdi: taniqli rejissyor halok bo‘ldi
Mashhur rejissyor Karlos Karvalio Janubiy Afrikaning hayvonot bog‘ida suratga olish jarayonida jirafaning tepishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «The Sun» xabar bermoqda.
47 yoshli rejissyor teledasturga material yig‘ish uchun bu mamlakatga borgan edi.
Jirafaga yaqin joyda tasvirga olinayotgan paytda jonivor uni tepib yuborgan. Besh metrga uchib ketgan Karlos yerga qattiq tushgan va jarohat olgan. Shifoxonada rejissyor jon taslim qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter