Korporativ mijozlar Ucellni tanlamoqda
Mobil aloqa nafaqat insonning kundalik hayotida, balki korporativ muhitda ham hayotning ajralmas qismiga aylandi. Shunday qilib, endi kompaniyaning faoliyat doirasidan qat’i nazar, ish jarayonini uyali telefondan foydalanmasdan tasavvur qilishning iloji yo‘q.
Telefon orqali biz mijozlar va hamkorlar bilan muzokaralar olib boramiz, xizmat safariga boramiz, hamkasblar va menejerlar bilan aloqada bo‘lamiz, mobil internet esa korporativ pochta xabarlarini ko‘rish va kompaniyangizning ichki resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Biz Ucell kompaniyasi korporativ mijozlar uchun takdim etayotgan afzalliklar bilan tanishish masadida kompaniya Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish boshkarmasi boshlig‘i Akmal Nosirov bilan suhbatlashdik.
— Hozirgi vaqtda Ucell kompaniyasi taqdim etayotgan korporativ xizmatlardan qaysi tashkilotlar foydalanmoqda?
— Bugungi kunda kompaniyamizda keng ko‘lamli yangilanishlar olib borilmoqda. Xabaringiz bor, yaqinda Toshkent metropolitenidagi barcha bekatlarida Ucell kompaniyasi aloqasi uzluksiz ishlashi ta’minlandi. Bundan, albatta, mijozlarimiz juda ham xursand.
Korporativ xizmatlarga keladigan bo‘lsak, hozirgi kunda elchixonalar, banklar, ta’lim muassasalari, yirik sanoat tashkilotlari, kichik va urta biznes vakillari bizning xizmatlarimizdan foydalanib kelmoqdalar. Bemalol respublikaning 80 foizga yaqin tashkilotlari biz bilan hamkorlikda ishlayotgani haqida aytib o‘tishim mumkin. Ular doim bizning xizmatlarimizdan mamnun ekanliklari haqida ma’lum qilib turadilar. Hozirgi kunda korporativ mijozlar uchun bir nechta foydali xizmatlar va imkoniyatlar mavjud.
— Aynan qanday imkoniyatlar?
— Mijozlar uchun quyidagi imtiyozlarni taqdim etamiz:
- Premium tarifda bo‘lgan holda, chiroyli raqamni chegirmali narhlarda sotib olish;
- Korxona xodimlari orasidagi mutlako bepul qo‘ng‘iroqlar;
- Masofaviy xizmat (xizmatlarni elektron pochta, 8111 chaqiriq markazi, shaxsiy kabinet orqali faollashtirish);
- doimiy ravishda yangilanib boriladigan tariflar va internet-to‘plamlar;
- Chiquvchi SMS-xabarlar uchun kompaniya brendi aks ettiriladigan SMS taxallusidan foydalanish;
- kassa apparatlari va hisoblagichlar uchun M2M tariflari;
- Mijozlar ishlarini tez xal etish maksadida Shaxsiy menejer (savdo vakili) ajratish;
- Tariflarning yillik variantlari orkali xarajatlarni tejash.
— Yana qanday qo‘shimcha qulayliklar mavjud?
— Biz o‘z mijozlarimiz talab va istaklariga qarab xizmatlarimiz turini kengaytirib bormoqdamiz. Korporativ mijozlar uchun nafaqat qiziqarli tarif variantlari, balki maxsus takliflar, aksiyalar va kompleks yechimlar ham mavjud. Bizda «Manfaatli birlashuv» to‘plamlari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu to‘plamda quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:
- IPTV
- Statik IP-manzil
- Ma’lumotlarni uzatish kanallari
- Shahar telefoniyasi
- Sug‘urta xizmatlarini va uy internet xizmatini ulash.
— Kelajakda kompaniya tomonidan qanday rejalar amalga oshirilishi ustuvor maqsad qilib belgilangan?
— Ucell mutaxassislar jamoasi aloqa sifatini yaxshilash va taqdim etilayotgan xizmatlarni yanada qulayroq qilish uchun har kuni ishlaydi. Albatta, bizda juda ko‘p yangi g‘oyalar mavjud. Kompaniya doimo O‘zbekistonning uyali aloqa bozorida yetakchi va birinchi bo‘lib abonentlarga yangi mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etib kelgan. Yaqin orada tarmoqni global texnik rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilgan. Korporativ mijozlar ham shubhasiz bundan foyda topadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter