Koronavirusning «Britaniya» shtammi AQShda ham paydo bo‘ldi
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus shtammi AQShning Kolorado shtatida aniqlandi, deya ma’lum qildi shtat gubernatori Jared Polis.
«Bugun biz Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 V.1.1.7 shtammini birinchi yuqtirish holatini qayd etdik», — deb yozgan Polis o‘zining saytida.
Bayonotga ko‘ra, bemor odam so‘nggi paytlarda safarga chiqmagan.
Eslatib o‘tamiz, 14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammi topilganligini, u asl nusxasidan ko‘ra tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi. Bosh vazir Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shtamm avvalgisiga qaraganda 70 foizga yuqumliroq.
Keyinchalik mutaxassislar mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi tezroq tarqalayotganini va aholidan yanada ko‘proq ehtiyotkorlik talab etilishini tasdiqladi. Shunga qaramay, o‘lim yoki shifoxonaga yotqizish nuqtai nazaridan xavfliroq ekanligini ko‘rsatuvchi hech qanday dalil yo‘q.
Dunyo davlatlari (jumladan, O‘zbekiston) Buyuk Britaniya bilan parvozlarni bekor qildi va boshqa qo‘shimcha choralar joriy etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter