Koronavirusni o‘ta og‘ir o‘tkazgan jizzaxlik ayol vafot etdi
O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari 103taga yetdi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, Jizzax shahrida yashagan 57 yoshli T.A. (ayol)da «COVID-19» tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter