Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi emlangan Isroil fuqarosining yuragi to‘xtab qoldi

Koronavirusga qarshi emlangan Isroil fuqarosining yuragi to‘xtab qoldi

Foto: «Alev-biz.livejournal.com»

Isroillik keksa odam COVID-19ga qarshi emlanganidan so‘ng yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

«Isroil shimolida yashovchi 75 yoshli erkak dushanba kuni ertalab koronavirusga qarshi emlangan va ko‘p o‘tmay uyida hayotdan ko‘z yumgan. U yurak va xavfli o‘sma xastaliklaridan qiynalardi, ilgari bir necha bor infarktni boshidan o‘tkazgan», — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Departament ushbu fojiani tekshirish uchun komissiya tuzdi. Komissiyaga mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining xavfsizlik va sifat boshqarmasi boshlig‘i rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Tashkilot marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Oktyabr oyining oxirida AstraZeneca vaksinasi sinovlarida qatnashgan 28 yoshli braziliyalik ko‘ngilli vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, o‘lim holati COVID-19 asoratlari tufayli sodir bo‘lgani ta’kidlangan.

Braziliya Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish bo‘yicha milliy agentligi vaksinalarni sinovdan o‘tkazish xavfsizligini baholash bo‘yicha xalqaro qo‘mita ko‘ngillining vafot etganiga qaramay, testlarni davom ettirishni tavsiya etganligini ta’kidladi. Ushbu rejalar Oksford universiteti tomonidan ham tasdiqlangan.

Dekabr oyi boshida AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) Pfizer va BioNTech vaksinalarini tekshirish paytida olti kishi vafot etgani haqida ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring