Koronavirusga chalingan 80 yashar ayol olamdan o‘tdi
![Koronavirusga chalingan 80 yashar ayol olamdan o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4252288173.jpg)
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. (ayol)da joriy yil 18 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter