Koronavirusdan saqlovchi zamonaviy niqob kashf etildi
Serbiya kompaniyasi COVID-19dan himoyalanish uchun kumushdan tayyorlangan innovatsion niqobni ixtiro qildi. Mahsulot oktyabrning o‘rtalarida sotuvga chiqariladi, deya xabar berdi mamlakat savdo-sanoat palatasi.
Innovatsiya Serbiyaning ikkita yirik «Koloid» va «Galenika farmacija» korxonalari hamkorligi natijasida yuzaga keldi.
«Kumush niqob zamonaviy nanotexnologiyalar yordamida ishlab chiqariladi. Boz ustiga, kumush va seolit (mineral) ionlari ultratovushli ionlash orqali to‘qimalarga qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha himoya bilan ta’minlaydi. Niqob kattalar va bolalar uchun ishlab chiqariladi. Oktyabrning o‘rtalaridan sotuvga chiqariladi», — deyiladi xabarda.
Serbiya sog‘liqni saqlash vazirligining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan beri mamlakatda 33 479 nafar COVID-19 bemori qayd etildi, 749 kishi vafot etdi. Keyingi vaqtlarda o‘lim va kasallanish darajasi kamaymoqda. Dushanbadan seshanbagacha 65 kishida koronavirus aniqlangan, bitta bemor hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter