Koronavirus yuqtirganlar soni 5000 nafarga yaqinlashmoqda

2020-yil 13-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4966 (+29) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) 6 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan yurtimizga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1073 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter