Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus «Real»ning ikki futbolchisini safdan chiqardi

Koronavirus «Real»ning ikki futbolchisini safdan chiqardi

Luka Modrich.

Foto: «AP Images»

«Real Madrid» futbolchilari — xorvatiyalik Luka Modrich va braziliyalik Marselo topshirgan koronavirus testlari musbat natija berdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytiladi.

Tibbiyot xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, ikkala futbolchi jamoadan ajratib qo‘yiladi va madridliklarning La Ligadagi «Kadis»ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 17 o‘yindan so‘ng 42 ochko to‘plagan «Real» eng yaqin ta’qibchisi «Sevilya»ni 8 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida yakka karvonboshilik qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring