Koronavirus: AQSh shtati Xitoyni sudga berdi
Amerikaning Missuri shtati Xitoyni koronavirusni tarqatganlikda ayblab, mamlakatni sudga berdi, deb yozadi «The Hill».
Da’vo arizasi shtat bosh prokurori Erik Shmitt tomonidan berilgin. U «ko‘plab odamlarning o‘limi, insonlarning azob-uqubati va iqtisodiy qiyinchiliklar»ni qoplash uchun badal to‘lashni talab qilmoqda.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati koronavirusning xavfi va zarari haqida butun dunyoni aldadi, guvohlarni gapirmaslikka majburladi, kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun kam harakat qildi.
Shmittning ta’kidlashicha, Missuriga virus katta ta’sir ko‘rsatdi — minglab odamlar kasallikni yuqtirdi, ko‘pchiligi vafot etdi, kichik biznes korxonalari esa yopilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter