Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyada bino qulashidan halok bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

Koreyada bino qulashidan halok bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

Foto: Sport-Ekspress

Mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasining Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 27-iyul kuni Kvandju shahridagi (Koreya Respublikasi) tungi klublardan birida yuz bergan bino qismining qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan yurtimiz sport delegatsiyasi a’zolarining nomlari yo‘q. Shahar politsiyasi ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Janubiy Koreya huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra mazkur hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi, jumladan 9 nafar jahon chempionatining xorijlik ishtirokchilari jarohat olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring