«Koreya orzusi» barbod bo‘ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro O.Yu. fuqaro Q.I.ni 12 000 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, oldindan 48 mln so‘m va 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek O.Yu. muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborish evaziga 4 800 AQSh dollari va 88 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter