Ko‘p yemayotganimizning olti belgisi
Tanaga yetarlicha ozuqa tushmayotganini qanday aniqlash mumkin? Shuningdek, qaysi alomatlardan ehtiyot bo‘lish kerak?
Quvvat yetishmasligi
Ertalab o‘rindan turishga qiynalasiz: tanaga yetarli bo‘lgan 7-8 soatlik uyquga qaramay vannaxonada gilamga o‘tirgingiz yoki yana yotib uxlagingiz keladi. Bu quvvat yetishmayotganini anglatadi. Go‘zal jins vakili kuniga taxminan 1500 — 2400, erkaklar esa 2000 — 3000 kaloriya qabul qilishi lozim.
Bosh aylanishi, hushdan ketish
Agar odam muntazam to‘yib ovqatlanmay yursa, ko‘pincha qonda qand miqdori birdan kamayib ketishi mumkin. Bu bosh aylanishi va hushdan ketishga sabab bo‘ladi.
Yana bir sababi — suvsizlanish. To‘yib ovqatlanishdan tashqari, kuniga yetarlicha suv ichish zarur. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Miyaning yomon ishlashi
Miya har kuni tana qabul qilayotgan quvvatning chorak qismiga ehtiyoj sezadi. Och qolganda kerakli ma’lumotni unutishingiz yoki muhim masalaga e’tiboringizni jalb qilolmasligingizni sezganmisiz?
Nutriyentlar tanqisligi xotira va miya faoliyatini yomonlashtiradi. Hatto tushlik qilishga ulgurmasangiz ham, yoningizda qora shokolad, yong‘oq va turshak bo‘lsin.
Soch to‘kilishi, tirnoqlar sinishi
Agar soch va tirnoqlaringiz ayanchli holatga kelib qolgan bo‘lsa, taomnomangizga e’tibor bering. Ozuqa yetishmasligidan birinchi bo‘lib soch va tirnoq qoplamasi ta’sirlanadi. Tuxum, baliq, ismaloq, suli, pista, zig‘ir yog‘i iste’mol qiling.
Asabiylik
Bekordan-bekorga asabiylashsangiz, och odam — jahldor odam, degan gapni esga oling. Yaxshi ovqatlanmaslik tajovuzkorlikni oshiradi. Oziq moddalar tanqisligi insonni g‘amgin va jahldor qilib qo‘yadi.
Oyoq-qo‘llar muzlashi
Shunday toifa odamlar borki, ularga hamisha sovuq tuyuladi. Hatto yozda ham burun va oyoq-qo‘llari muzlaydi. Bundaylar ko‘pincha ozg‘in bo‘lishadi: issiqlikni saqlashga qiynaladi. Chunki buning uchun yetarlicha kaloriya kerak. Odatda yaxshi ovqatlanmaydigan odamlarning tana harorati past bo‘ladi.
Bordi-yu, bu belgilarni o‘zingizda sezsangiz, darrov fast-fud va bulochkalarga yopishmang. Yetarlicha nutriyent iste’mol qilish ko‘p ovqat yeyish kerakligini anglatmaydi. Muhimi balanslangan va yetarlicha kaloriyali ovqatlanish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter