Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki soat kompyuter o‘ynash 1000 marta o‘tirib-turishga teng

Ikki soat kompyuter o‘ynash 1000 marta o‘tirib-turishga teng

Foto: «Legkovmeste.ru»

Kompyuter o‘yinlarida faol ravishda kaloriya yoqish mumkin. Stakester kompaniyasi tadqiqotchilari ikki soatlik qizg‘in o‘yin taxminan 1000 marta o‘tirib-turishga teng deb hisoblashadi. Ikkala jarayonda ham erkaklar 420 kkal, ayollar esa 472 kkal yoqishadi.

Tadqiqotchilar o‘yin paytida faol quvvat sarflanishini o‘yinning keskinligi bilan izohlashadi. O‘yin davomida ko‘pchilikning yurak urish sezilarli darajada tezlashadi. Ular, hatto terlab ketishadi. Mutaxassislarning aytishicha, vazn yo‘qotishda o‘yinning samarali ta’siri ularni ajablantirmagan. Ular juda ko‘p kaloriya yoqilishidan hayron qolishgan.

Stakester — o‘yinchilar bir-biriga qarshi raqobatlashadigan dastur. G‘olib pul yoki boshqa qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadi.

Mutaxassislar o‘z tadqiqotlarida yurak urish tezligi va kaloriyalarni o‘lchash uchun aqlli qurilmalardan foydalanishgan. Tajriba ishtirokchilarining ba’zilari, jami 50 kishi FIFA va Warzone o‘ynashdi, boshqalari esa o‘tirib-turishgan.

O‘rtacha erkaklar onlayn o‘yinlari paytida soatiga 210 kilokaloriya yoqishgan. Shu vaqt ichida ayollar 236 kilokaloriya sarflashgan.

Ekspertlar yeyilgan fast-fud va shirinliklardan qutulish uchun qancha o‘ynash kerakligini hisoblab chiqishdi:

Mars konfeti — 230 kilokaloriya, 57 daqiqa;

Walkers Ready tuzli chipslari — 132 kkal, 34 daqiqa;

Big Mak — 257 kilokaloriya, 1 soatu 4 daqiqa;

Mcdonald’S o‘rtacha kartoshka porsiyasi — 320 kkal, 1 soatu 21 daqiqa;

qovurilgan sosiska — 328 kkal, 1 soatu 23 daqiqa;

o‘rtacha kattalikdagi Domino‘S bilan Margarita pitssasi — 200 kilokaloriya, 50 daqiqa.

O‘tgan yili Kvinslend universiteti jamoasi o‘yinchilar o‘rtacha odamga qaraganda vaznini me’yorda saqlashga 21% ko‘proq imkoniyatga ega ekanligini ma’lum qilishdi. Buning sababi shundaki, geymerlar kam ovqatlanib, kam chekishadi, shuningdek, o‘yin uslubi tufayli ancha faol bo‘lishadi. Ushbu tadqiqot 65 mamlakatdan 1400 geymerni o‘rgangan.

Shu bilan birga, JSST onlayn o‘yinlarga bo‘lgan ishtiyoqni ruhiy kasallik deb tan olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring