Kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi
Ayrim talaba-o‘quvchilar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalarining ayrim talaba-o‘quvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati joriy yilning 10 apreliga qadar etib belgilandi.
Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:
- oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida o‘qishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni o‘zlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, to‘lovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
- xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalardan o‘qishini ko‘chirayotgan, ko‘chirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
- professional ta’lim muassasalari (kollej, texnikum)ga to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter