Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyaviy sud vakolatlari kengaytirilmoqda

Konstitutsiyaviy sud vakolatlari kengaytirilmoqda

Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Yalpi majlisda muhokama qilingan qonun yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq Konstitutsiyaviy sud vakolatlari kengaytirilib, O‘zbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berishi belgilanmoqda.

Konstitutsiyaviy sud faqatgina o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega ekanligi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishi mustahkamlanmoqda.

Senatorlar ta’kidlaganidek, mazkur Qonunning qabul qilinishi natijasida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi hamda ularning bir xilda amalda bo‘lishiga erishiladi.

Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring