Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-895-son, 12.01.2024 y.) bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring