Komiljon To‘xtayev diskvalifikatsiya qilindi
Bugun Xitoy poytaxtida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarida hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev slalom bahslarida ishtirok etdi.
Qishki Olimpiadaning mamlakatimiz nomidan qatnashgan yagona ishtirokchisi slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi.
Qoidaga ko‘ra, sportchilar trassa bo‘ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o‘tishlari lozim. Hamyurtimiz marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va buning natijasida diskvalifikatsiya qilindi.
Shu bilan sportchimizning Pekin-2022dagi ishtiroki erta yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz avvalgi mashqda 29-pog‘onani band etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter