Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov poytaxt hokimiga: pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga!

Komil Allamjonov poytaxt hokimiga: pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga!

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning yoshlar bilan uchrashuvda volontyorlar haqida aytgan fikri ijtimoiy tarmoqlarning navbatdagi muhokama mavzusiga aylandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda chiqish qilgan poytaxt rahbari volontyorlar haqida gapirib, ular faoliyatiga ochiqdan ochiq shubha bildirar ekan, ularning asl niyati boshqalarga yordam berishmi yoki daromad olishmi, deya iddao qiladi va (volontyorlar faoliyatini) tekshirish kerakligi qayd etadi. Shuningdek, «...men shu paytgacha biror qariyaning oyog‘ini yuvgan yoki sochini tarab qo‘ygan volontyorni ko‘rmadim», deydi Toshkent shahar hokimi.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov hokimning bu gaplariga keskin e’tiroz bildirdi. Unga ko‘ra, «bu yoshlarga motivatsiya emas, qo‘liga bir uradigan tadbir bo‘libdi. Vaholanki, pandemiya davrida barcha yoshlar birlashdi, Toshkent shahrini hokimiyat eplolmay qolganida, aynan shu volontyorlar hayotini xavf ostiga qo‘yib, odamlar dardiga malham bo‘ldi. O‘sha paytda yordamga muhtoj bo‘lib, uyda yotgan ayrim qariyalarga oyog‘ini tog‘oraga suv solib, sovun bilan yuvish emas, balki sumkada tashilgan yeguliklar kerak edi. Endi ularni o‘rganish kerakmish. Ular daromad olyaptimi yoki ko‘ngilli yordamchilarmi, shuni o‘rganish kerakmish.

O‘rganish emas, rahmat deyish kerak. O‘rganish kerak bo‘lsa, Toshkentda masala ko‘p», deya ta’kid etgan K. Allamjonov gapining oxirida quyidagi hikmatni keltiradi: pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring