Kolin Pauell vafot etdi
AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell koronavirus asoratlari tufayli 84 yoshida vafot etdi, deya xabar berildi uning «Facebook»dagi sahifasida.
«General Kolin Pauell bugun ertalab COVID-19 bilan bog‘liq asoratlardan vafot etdi», — deyiladi xabarda.
Kolin Pauell qariyb yarim asr mobaynida Pentagon, Oq uy va Davlat departamentida turli lavozimlarda ishlagan va AQShning Sovuq Urushdan keyingi eng yirik harbiy harakatlari — «Cho‘l bo‘roni» operatsiyasi va Iroqqa bostirib kirishiga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter