Kobulda eronlik operatorga 7 marta o‘q uzildi
Juma kuni kechqurun noma’lum shaxslar Kobul g‘arbidagi Dashti-Barchi kvartalida IRIB operatori Alirizo Sharifiy otasining oldiga ketayotganida unga kamida 7 marta o‘q uzilgan. Bu haqda AVA Press xabar bergan.
Yuzi va bo‘ynidan o‘q jarohati olgan jurnalist kasalxonaga yotqizilgan, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Eron elchixonasi «Tolibon»dan suiqasdni tergov qilishni talab qildi. Ular jinoyatchilarni topib, jazolashga va’da berishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter