«Kobalt»dan milliardlik «Iphone 15»lar chiqdi (foto)
Farg‘onada bojxona, DXX va ichki ishlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida 5,8 mlrd so‘mlik uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Avvaldan kuzatuvga olingan «Kobalt» ko‘zdan kechirilganda, uning saloni va yukxonasiga 550 dona telefonlar, shu jumladan «Iphone 15 Pro», «Iphone 15 Pro Max», «Samsung galaxy S23 Ultra», «Samsung galaxy S23 FE» rusumidagi smartfonlar yashirilganligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter