Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kobalt» egasining qoidabuzarligi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

«Kobalt» egasining qoidabuzarligi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

27-mart kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisi yomg‘ir sabab yo‘l sirpanchiqligini inobatga olmasdan, tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangan. Oqibatda boshqaruvni yo‘qotgan va qatnov qismini ajratuvchi to‘siqqa urilib, qarshisidan o‘z yo‘lida kelayotgan «Lasetti» rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

Natijada, «Lasetti» avtomobilining 31 yoshli haydovchisi va 33 yoshli yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etishib, 25 yoshli yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur ayanchli YTH yuzasidan tuman hududida IIV YHXBB rahbarlari, Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida muhokama qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring