Klichko Kiyevda qancha aholi qolganini aytdi
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, ilgari evakuatsiya qilingan aholi vakillari Ukraina poytaxtiga qaytishni boshlagan. Hozir shaharda urushgacha aholining qariyb uchdan ikki qismi qolgan, dedi u.
«Hozir shahrimizdagi telefon raqamlarini hisoblay olamiz. Taxminan 2,5 millionta. Urushgacha poytaxtda 3,5 million kishi yashagan», — dedi Klichko.
Ukraina hukumati aholiga Kiyevga qaytmaslikni tavsiya qilyapti, shahar yana o‘qqa tutilishi mumkin.
«O‘qqa tutilish, raketa zarbalari berilishi ehtimoli, afsuski, haliyam bor. Hech kimga qaytishni taqiqlay olmaymiz. Faqat tavsiya qilishimiz mumkin. Agarda siz xavfsizroq, hayotingiz uchun xavfli bo‘lmagan joylarda bo‘lsangiz, iltimos, o‘sha yerda qoling», — dedi Vitaliy Klichko.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter