Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kitob o‘rnini smartfon egallashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» – To‘qayev

«Kitob o‘rnini smartfon egallashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» – To‘qayev

Foto: Akorda.kz

Qozog‘istonda amalga tatbiq etiladigan «Bolalar kutubxonasi» deb nomlangan yangi dastur doirasida bolalar uchun turli janrdagi kitoblar ko‘paytiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 17 iyun kuni Turkistonda bo‘lib o‘tgan ikkinchi milliy qurultoydagi chiqishida gapirgan.  

«Mafkuraviy jabhada kitob noshirligi muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi. Sir emas, Qozog‘iston bozorida xorij mahsuloti yetakchi o‘rin tutadi – badiiy adabiyotning qariyb 90 foizi chet eldan keltiriladi. Bu tendensiya qanday oqibatga olib kelishini izohlashga hojat yo‘q. Mamlakatimizning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi va milliy manfaatlarimizga mos keladigan kitoblarni ko‘proq chop etish o‘ta muhim. Bolalar uchun kitob o‘rnini smartfon egallashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», – degan Qozog‘iston prezidenti.

Qayd etilishicha, Qozog‘istondagi maktab kutubxonalarida 130 million kitob mavjud, ammo ular orasida badiiy adabiyot ulushi kamroq.

«Sirasini aytganda, faqat kitobxon millatgina chinakam intellektual bosqichga ko‘tarila oladi. Biz o‘sib kelayotgan avlodda kitob mutolaasiga qiziqishni oshirishimiz kerak. Bu, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar zamonida o‘ta mushkul vazifa ekanini bilaman. Ammo bu masala bilan shug‘ullanmasak bo‘lmaydi, boshqa yo‘l ham yo‘q! » – deb ta’kidlagan Q.To‘qayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring