Kim Chen In Rossiyaga borishga tayyor

Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In Rossiya Federatsiyasiga borishga tayyorligini tasdiqladi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Tashrifning vaqti va joyini diplomatik kanallar belgilaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qilgan.
«U Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan borishga tayyorligini tasdiqladi. Bunga o‘zining xohishi ham bor. Uning aytishicha, tashrif vaqti va joyini diplomatik kanallar belgilaydi. U (Kim Chen In)ning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini hamda xalqaro maydonda dolzarb bo‘lib turgan qator masalalarni muhokama qiladi», – degan Valentina Matviyenko jurnalistlarga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter