Kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida yana 6 nafar o‘zbekistonlik oltin medalga ega chiqdi
Tailandning Bankok shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatda yana 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi oltin medallarni qo‘l kiritdi.
Osiyo chempionlari va oltin medal sohiblari:
- Davlatbek Abdumurotov – 67 kg;
- Sergey Kosolapov – 69 kg;
- Nazarbek Mahmudov – 51 kg;
- Hasanxon Baratov – 91 kg;
- Murodbek Azimov – 91 kg;
- Husanxon Baratov – 91 kg.
Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr, shanba kungi bahslarda ham 8 nafar o‘zbekistonlik kikbokschi finalda qatnashib, 4 ta oltin va 6 kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida O‘zbekistondan 22 nafar sportchi 27 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnashdi. O‘zbekistonlik sportchilar 24 ta medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lib, ularning 10 tasi oltin, 9 tasi kumush, 5 ta bronzadir.
Bundan tashqari 3 nafar sportchi, ya’ni Zarifjon Istamov (60 kg), Sergey Kosolapov (69 kg), Malika Choriyeva (65 kg)lar keyingi yilda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan Jahon jang san’ati o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter