Kiyev: Ukrainaning NATOga kirishini 20 davlat qo‘llab-quvvatladi
Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini 20 ta davlat qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva.
«Bugungi kunga kelib, Ukrainaning Alyansga a’zo bo‘lishini 20 ta a’zo davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi allaqachon rasmiylashtirilgan», — deb yozdi u o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun uning barcha a’zolari, ya’ni 31 davlatning qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Alyans Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana ittifoqchilar Ukrainaning kirishi bo‘yicha konsensusga ega emasligini aytdi.
«Ayni paytda biz NATO doirasida konsensusni ko‘rmayapmiz. O‘ylaymanki, prezident Zelenskiy ham shunday katta va murakkab urush ketayotgan bir paytda Ukrainaning Alyansga kirishi mavzusini keyinga surilishi kerakligini tushunadi», – degan u.
Biroq NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joananing so‘zlariga ko‘ra, Ukraina endi ittifoqqa va G‘arb demokratiyalariga «har qachongidan ham yaqinroq».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter