Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Tramp ikki soatdan oshiq muloqot o‘tkazdi: dastlabki ma’lumotlar

Putin va Tramp ikki soatdan oshiq muloqot o‘tkazdi: dastlabki ma’lumotlar

Bugun, 18-mart kuni AQSh rahbari Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zaro telefon muloqoti o‘tkazdi. OAVda ularning ikki soatdan oshiq davom etgan suhbatining ayrim tafsilotlari paydo bo‘ldi. 

Vladimir Putin Donald Trampga 19-mart kuni Rossiya va Ukraina tomonlari o‘rtasida 175 ga 175 mahbus almashishi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Putin Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligini tasdiqlagan. Rossiya rahbari Trampning Qora dengizda navigatsiya xavfsizligi bo‘yicha tashabbusni amalga oshirish g‘oyasiga ijobiy javob berdi.
 
Vladimir Putin Donald Trampga Ukrainadagi vaziyatni barqaror bo‘lishi kerak bo‘lgan hal qilish yo‘llarini birgalikda ishlab chiqishga tayyorligini aytdi. Telefon orqali muloqotda prezidentlar Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatlarini tasdiqladilar. Telefon muloqoti chog‘ida Rossiya va Amerika yetakchilari bir qator xalqaro muammolar, jumladan, Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tishdi.

Putin Trampning Rossiya va Ukrainaning 30 kun ichida o‘zaro energetika infratuzilmasiga hujumlardan voz kechishi haqidagi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va harbiylarga buyruq berdi, deya xabar beradi Kreml.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring