Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiberxavfsizlik xizmati jiddiy ogohlantirish e’lon qildi

Kiberxavfsizlik xizmati jiddiy ogohlantirish e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

IIV Kiberxavfsizlik xizmati aholini jiddiy ogohlantirdi. 

Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda «Apelsin» mobil ilovasi ko‘rinishidan foydalanib tarqatilayotgan «Apelsin.uz» jamoasi nomidan tabriklaymiz, barchangiz aksiyalar o‘tkazishni yaxshi ko‘rishimizni bilasiz va bugun ham bundan mustasno emas.

Biz 900.000 so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotidagi chiptalarni o‘ynashga qaror qildik» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on.

Ehtiyot bo‘ling firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang.

E’tiborli bo‘ling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar, deyiladi IIV ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring