Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelayotgan shanba kuni barcha uchun ish kuni bo‘ladi

Kelayotgan shanba kuni barcha uchun ish kuni bo‘ladi

1-iyun — shanba kuni, O‘zbekistondagi barcha xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi. O‘zi bu kunda haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar shundoq ham ishga chiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olishardi, deb yozmoqda «Xushnudbek.uz» kanali.

Ammo 12.11.2018-yildagi Prezident farmoni asosida 1-iyundagi dam olish kuni 6-iyunga ko‘chirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun:

  • 1-iyun, shanba — ish kuni;
  • 6-iyun, payshanba — dam olish kuni bo‘ladi.

Yana bir bor ta’kidlayman, bu o‘zgarishlar faqat haftasiga 5 kun ishlovchilarga taalluqli. Shanba rasman ish kuni bo‘lgan (6 kunliklar) xodimlarga ushbu o‘zgarishlarning aloqasi yo‘q, ular doimgidek ishlayverishadi.

P.S.: Hali aniq bo‘lgani yo‘g‘u, lekin mabodo 5-iyun, chorshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni sifatida e’lon qilinsa, unda 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 2 kun ketma-ket dam oladi. 6 kunliklar esa faqat Hayitning birinchi kuni dam olishadi, ular uchun har qanaqasiga ham 2 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring